Bu haqda Qonun hujjatlari ta'sirçanligini baholaş tizimi portalida taqdim etilgan Prezidentning Rieltorlik xizmatlari sohasini yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisidagi Farmoni loyihasida aytib ötilgan. Hujjatni 2018 yil 1 martdan qabul qiliş va amalga kiritiş rejalaştirilmoqda, deb xabar bermoqda Norma.uz.
Lisenziyalaş hammaga ham majburiy bölmaydi, litsenziyalovçi organ özgaradi
Xususan, rieltorlik faoliyatini litsenziyalaş funksiyasini Davlat raqobat qömitasidan viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklariga, şuningdek Qoraqalpoğiston Vazirlar Kengaşiga ötkaziş taklif qilinayotir. Bunda rieltor malaka sertifikatini beriş Davlat raqobat qömitasi yurituvida qoladi.
Köçmas mulk bozorida axborot va maslahat xizmatlarini litsenziyalaşni bekor qilişmoqçi.
Ma'lumot uçun. Köçmas mulk bozorida axborot va maslahat xizmatlari – quyida keltirilganlar kabi rieltorlik faoliyati turlaridan biridir:
• köçmas mulk obektlariga va ularga bölgan huquqlarga doir bitimlarni tuziş çoğidagi vositaçilik;
• köçmas mulk obektlarining va ularga bölgan huquqlarning savdosini taşkil etiş;
• köçmas mulk obektlarini işonçli boşqariş.
Lisenziya talabi sifatida rieltorlik taşkilotining ustav kapitali miqdoriga qöyiladigan minimal talablarni bekor qiliş taklif qilindi.
Ma'lumot uçun. Hozirgi vaqtda litsenziya oliş uçun ustav kapitalining minimal miqdori rieltorlik taşkilotining faoliyat turiga boğliq:
• 100 EKIH – axborot-maslahat xizmatlari körsatişda;
• 500 EKIH – köçmas mulk obektlariga va ularga bölgan huquqlarga doir bitimlarni tuziş çoğidagi vositaçilik;
• 1000 EKIH - köçmas mulk obektlarini işonçli boşqariş;












