Olmazor tumanining sobiq hokimi Bahodir Ğoyibnazarov Şayxontohur tumaniga yangi hokim etib tayinlandi. Bu ma'lumotni Kun.uz manbasi tasdiqladi.

Tumanning avvalgi hokimi Odilxon Rustamov noyabr oyida Toşkent viloyati hokimi örinbosari bölgaç, lavozim böş qolayotgandi. 

Bu lavozimni vaqtinçalik Şuhrat Sodiqov egallab turgandi. Endi u hokimning birinçi örinbosari sifatida faoliyatini davom ettiradi.

Bahodir Ğoyibnazarov 1997 yilda Toşkent davlat agrar universitetini, 2005 yilda esa Özbekiston Milliy universitetini tamomlagan.

Foto: Toşkent şahar hokimligi

Bahodir Ğoyibnazarov Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev tomonidan şu yilning aprelida Olmazor tumani hokimligidan ozod etilgan edi.