Yyel universiteti olimlari ösmirlarning töyib uxlamasligi ularda spirtli içimliklarga moyillikni keltirib çiqarişi mumkin degan xulosaga kelişdi. MedicalXpress saytida şu haqida ma'lum qilindi.
Manbaga köra, tadqiqotda 42 kişi iştirok etgan va ular ötgan oy mobaynida köp spirtli içimlik iste'mol qilişganini aytişgan. Köngillilarga bir hafta davomida uyqu sifati va iste'mol qilinayotgan alkogol hajmini kuzatiş taklif etildi. Organizmning kundalik ritmini nazorat qiliş uçun uyqu va faollik monitori qöllandi.
Ma'lum bölişiça, uyqu davomiyligining qisqaligi orqali keyinçalik iste'mol qilinadigan alkogol miqdorini yuqori aniqlik bilan taxmin qiliş mumkin ekan. Ta'kidlaş joizki, katta miqdorda spirtli içimlik iste'mol qiluvçi köngillilar uyquga keçroq yotişgan va keç uyğonişgan.
2017 yilning bahorida Journal of the American Heart Association'da amerikalik mutaxassislarning maqolasi taqdim etildi. Unga köra, muntazam ravişda uyquga töymaslik yurak-qon tomir kasalliklari va qandli diabetdan aziyat çekuvçi kişilarning falaj natijasidagi ölim holati ehtimolini sezilarli darajada oşiradi.












