Sud zalidagi panjara ortida ötirgan ikki ayolning közlari namlangan – bu ularning qilmişlaridan puşaymonliklarini anglatib turardi. Noila Rafiqova (ism-familiyalar özgartirilgan) hamda Munisa Turmonovalarga nisbatan sud hukmi öqildi. Endi ular umrlarining bir neça yilini sim törlar ortida ötkazişga majbur, deb yozadi “Huquq” gazetasi.
Ma'lumki, odam savdosi – inson, uning şa'ni, qadr-qimmati, osoyişta turmuşi hamda kelajagiga tahdid solayotgan transmilliy uyuşgan jinoyatçilikdir. Ayni kunda uşbu jinoyat turi öz girdobiga asosan yoşlar va ayollarni tortayotganligi barçada taşviş va xavotir uyğotmoqda. Uning töriga ilingan insonning erkinligi, tengligi va şaxsiy daxlsizligiga putur yetadi, turli xörlik va kamsitişlarga duçor etiladi. Uşbu jinoiy faoliyat ortida majburiy mehnat, qullik, majburiy donorlik, harbiy töqnaşuvlarda foydalaniş, fohişabozlik bilan şuğullanişga majburlaş kabi qabih qilmişlar mujassamdir. Afsuslanarlisi, odam savdosining mana şunday oğir oqibatlari haqida qança gapirilmasin, fuqarolarimiz hamon uning girdobiga tuşib qolmoqdalar.
Bahorning seryoğin kunlaridan birida Noila Şarja şahrida tanişi Munisaga qönğiroq qiladi. Suhbat davomida çet elda işlaş xohişi bölgan yoş ayollardan tanişlari bölsa, katta maoş tölanadigan iş bor, deya Munisani qiziqtiradi. “Har bir topgan odamingiz uçun sizga ham haq beriladi”, deydi Noila. Şundan söng Munisa bu “yangilik”dan barça tanişlarini xabardor qila boşlaydi. “Qanday iş bilan şuğullanamiz”, deb savol berganlarga, “dökonda taqinçoq sotasizlar”, deb javob berib, yolğon gapiradi. Aslida jinoiy guruhga birlaşgan bu kimsalarning niyati boşqa edi. Köp ötmay, uning tuzoğiga Nadejda Torbina hamda Alisa Volkova ilinişadi. Ikki ayol Munisaning yolğonlariga işonişadi. Birlaşgan Arab Amirliklarining Şarja şahrida işlaşga rozi bölişadi. Biroq, xorijga çiqiş uçun pullari yöqligini aytganlarida, Munisa bu haqda ma'lum qilib, darhol Noilaga sms-xabar jönatadi. “Bu tomonidan xavotir olmang. Ularga tuşuntiring, biz xarajatlarni kötaramiz. Ular bu yerga kelgaç, qarzlarini uzişadi”, deydi Noila sms-xabarni olgaç, qönğiroq qilib.
Oradan bir oy ötgaç, xorijga çiqiş uçun ayollarning hujjati tayyor böladi. Belgilangan kuni Munisa ularni Toşkent xalqaro aeroportidan BAAning Şarja şahriga kuzatib yuborişi kerak edi. Şukrki, unday bölmadi. Uşbu holatdan xabar topgan huquq-tartibot idoralari xodimlari mazkur jinoyatga çek qöyişdi. M.Turmonova qölga olindi. Tergov jarayonida uning asl maqsadi oşkor böldi. Bu kimsa N.Torbina hamda A.Volkovani Şarja şahriga kuzatib qöyişi, u yerda ayollarni N.Rafiqova kutib olib, ulardan şahvoniy maqsadlarda foydalanişni közlagan ekan.
Mazkur jinoyat işi böyiça olib borilgan qidiruv işlarida jinoiy guruhning ikkinçi a'zosi ham uşlandi. Sud odam savdosiga qöl urgan N.Rafiqova va M.Turmonovaga sakkiz yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosini tayinladi.











