Eron parlamenti musulmon mamlakatlarni Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzişga va AQŞ bilan iqtisodiy munosabatlarni minimal darajaga qadar kamaytirişga çaqirdi. Bu Qöşma Ştatlar prezidenti Donald Trampning al-Quds böyiça qabul qilingan qaroridan söng yuz berdi.

AQŞ prezidenti Donald Tramp ötgan haftada al-Qudsni Isroil poytaxti sifatida tan olişini ma'lum qildi va Amerika elçixonasini Tel-Avivdan şu şaharga köçiriş haqidagi hujjatni imzoladi.

"Biz, Islom maslahatlaşuv majlisi (Eron parlamenti – tah.) vakillari barça musulmon mamlakatlardan sionistik rejim bilan diplomatik munosabatlarni uziş, şuningdek AQŞ bilan iqtisodiy aloqalarni minimal darajaga tuşirişni söraymiz", - deyiladi bayonotda. Unga 290 kişilik parlamentning 235 a'zosi imzo çekkan.

Eronlik qonun çiqaruvçilarning bayonotda ta'kidlaşlariça, AQŞ öz qarori bilan “Yaqin Şarqdagi tinç jarayon tobutiga sönggi mixni qoqib qöygan”.

Eslatib ötamiz, Qöşma Ştatlar yetakçisining qarori Isroilda ijobiy qabul qilindi, jahonning köplab davlatlari, birinçi navbatda Yaqin Şarq mamlakatlari hamda Falastin tomonidan esa salbiy reaksiyaga sabab böldi. Butun musulmon dunyosida, şuningdek Isroilning özida ham norozilik namoyişlari boşlandi, ularda yuzlab odamlar jabrlandi.