Eronning şarqiy qismida, Kirmon şahridan 59 km uzoqlikda 6,1 magnitudali zilzila sodir böldi.
Ma'lum qilinişiça, zilzila 13 dekabr Toşkent vaqti bilan soat 02:41da qayd qilingan.
Zilzila öz markazidagi silkinişlar jadalligi böyiça “vayronkor” deb baholangan. Zilzila öçoği 40 km çuqurlikda bölgan.
12 dekabrda Toşkent vaqti bilan 13:43 da şu hududda 6 magnitudali zilzila, 11 dekabrda esa mamlakatning ğarbiy qismida, Merivan şahridan 61 km uzoqlikda 5,8 magnitudali zilzila qayd etilgandi.
Noyabr örtasida Eronning Kirmanşoh viloyatida, Eron va Iroq bilan çegarada 7,2 magnitudali zilzila yuz bergandi. Zilzila kuçi, şuningdek, mintaqadagi boşqa davlatlar, jumladan, Kuvayt, BAA va Isroilda sezilgan. Eng sönggi ma'lumotlarga köra, zilzila oqibatida 520 dan köproq odam halok bölgan.












