Möğuliston poytaxti - Ulan-Bator Osiyoda yaşaş uçun eng arzon şahar deb topildi, bu haqda ECA International xalqaro konsalting kompaniyasi reytingida aytiladi.

ECA International konsalting kompaniyasi jahonning 470 ta şahrida yaşaş qiymatini ma'lum bir tovarlar (oziq-ovqat, poyabzal, kiyim-keçak, uyga möljallangan tovarlar) va bu şaharlardagi xizmatlar (maişiy xizmatlar, madaniy hordiq va hokazolar) narxini hisoblab çiqiş orqali aniqlaydi. 

Ulan-Bator
Foto: Getty Images

Ulan-Bator mamlakatning iqtisodiy markazi bölişiga qaramay, bu yerda yaşaş qiymati juda ham baland emas. Turizmdan keluvçi daromadlar esa mamlakat daromadining taxminan 10 foizini taşkil etadi.

Eng qimmat şaharlar röyxatida Angola poytaxti Luanda yetakçilik qilmoqda, ikkinçi örinda – Sudan poytaxti Xartum. Şuningdek, top-10likdan Tsyurix, Jyeneva, Bazel, Bern (Şveytsariya); Oslo (Norvegiya), Tokio (Yaponiya), Hongkong va Stavanger (Norvegiya) joy olgan.

Luanda
Foto: Getty Images

Şunisi e'tiborga molik-ki, Buyuk Britaniya poytaxti Brexit fonida funtning kursi tuşib ketişi tufayli Ğarbiy Yevropadagi eng arzon turistik şaharga aylandi. Xususan, London 36 örinni yöqotib, 139-poğonadan joy oldi.