12 dekabr kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev raisligida mamlakatimiz tibbiyot sohasidagi dolzarb masalalar muhokamasiga bağişlangan yiğiliş bölib ötdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
«Bugun yurtdoşlarimiz barça sohalarda olib borilayotgan islohotlar samaralarini, xususan, aholi uçun munosib hayot darajasining sifati tubdan yaxşilanayotganini özlarining kundalik turmuşlari misolida körib turibdi.
Zero, fuqarolarning baxtli-saodatli, farovon umr keçirişini kafolatlaş, huquq hamda erkinliklarini muhofaza qiliş davlatimiz siyosatining ustuvor yönalişi hisoblanadi.
Aholi salomatligini muhofaza qilişni yanada yaxşilaş, xalqimizni tibbiyot tizimi faoliyatidan rozi qiliş – barçamizning eng muhim vazifamizdir», dedi davlatimiz rahbari.
Mamlakatimizda soğliqni saqlaş sohasida keng kölamli işlar amalga oşirilmoqda. Prezidentimizning uşbu sohani rivojlantiriş, uni tubdan isloh qilişga qaratilgan qator farmon va qarorlari qabul qilindi. Bu borada birlamçi tibbiyot xizmati, şoşilinç va tez tibbiy yordam, ixtisoslaştirilgan tibbiy xizmat, xususiy tibbiyot, aholining reproduktiv salomatligini asraş kabi yönalişlar ustuvor vazifa qilib belgilangan.
2016 yil bilan qiyoslaganda, özgarişlar yaqqol közga taşlanadi. Joriy yilda oilaviy poliklinikalar 793taga köpaydi. Tunu kun faoliyati körsatadigan 793 qişloq oilaviy poliklinikasi taşkil etilib, ularda tez tibbiy yordam şoxobçasi hamda kunduzgi statsionarlar oçildi. Onalar ölimi 19dan 18,2ga tuşdi. Sil bilan kasallaniş keskin kamaydi. Respublika ixtisoslaştirilgan tibbiyot markazlari hududlarga 2407 marta çiqdi, vaholanki 2016 yilda bu raqam 500dan arang oşgan edi. Ötgan yili ularning xizmatidan 30 ming kişi foydalangan bölsa, joriy yil körsatkiç 220 mingga çiqdi. 99 nafar malakali şifokor xorijdan yurtimizga qaytib kelib, endilikda xalqimizga xizmat qilmoqda.
Tibbiy-ijtimoiy yordam körsatişga alohida e'tibor berilmoqda. Muhtoj fuqarolarni reabilitatsion texnik vositalar bilan ta'minlaş 90 foizgaça oşirildi. Nogironlar aravalari, eşitiş moslamalari kabi buyumlar bilan ta'minlaş ikki hissa ortdi. Tibbiy-ijtimoiy muassasalarini quriş va rekonstruksiya qiliş maqsadi uçun 49,3 milliard söm, ya'ni 2 barobar köp mablağ ajratildi.
Soha uçun kadrlar tayyorlaş işlari kölami kengaymoqda. Oliy ma'lumotli şifokorlar tayyorlaş uçun qabul kvotalari soni 3445taga yetkazildi, şundan 1180tasi maqsadli hududiy kvotadir. Klinik ordinaturada tayyorlaş böyiça ham kvotalar oşirildi.

















