Qirğiziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov “Qirğiziston Respublikasi Hukumati va Özbekiston Respublikasi Hukumati örtasida Qirğiziston Respublikasining Öş şahrida umumta'lim maktabini quriş töğrisida 2017 yilning 28 iyul kuni Bişkek şahrida imzolangan Bitim ratifikatsiyasi töğrisida”gi qonunni imzoladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bergan.
Qonun Qirğiziston Respublikasi Jöqorğu Keneşi tomonidan 2017 yilning 7 dekabr kuni qabul qilingan.
Bitim bilan Öş şahrida 630 öquvçi örniga möljallangan umumta'lim maktabini Özbekiston tomoni mablağlari hisobidan quriş va obektni Qirğiziston tomoni egalik huquqiga beğaraz asosda topşiriş nazarda tutilgan.
Qayd etilişiça, qonun ön kun ötib kuçga kiradi.












