6 yoşli Rayan ismli bolakayning YouTube-kanaliga 10 mln foydalanuvçi obuna bölgan. Bolakayning bunday köp obunaçilarga ega bölişining siri u bolalar öyinçoqlarini sinovdan ötkazadi.

Rayanning bu sinovlarini uning ota-onasi suratga oladi. Ular farzandlariga 2015 yil mart oyida Ryan ToysReview nomli videokanal oçib berişgan. 

Bolakayning kanali tezda ommalaşib ketgan. Bu kanal mavjud bölgandan beri unda joylangan videolar umumiy hisobda 16 mlrddan köproq namoyiş yiqqan.

Yaqinda Forbes dunyoning eng katta haq oluvçi blogerlari röyxatini çop etdi. Bu röyxatga oxirgi bir yil içida 11 mln dollar işlab topgan Rayan ham kiritildi. Bunday muvaffaqiyatdan keyin bolaning onasi maktabdagi işini taşlab, bor e'tiborini öğli iştirokidagi videokontentni yaratişga qaratgan.  

“Men maktabdagi işimni taşlab, videoni suratga oliş va montaj qilişga töliq berilib ketdim”, deb aytgan bolaning onasi.