AQŞ 2018 yil kuzigaça neft qazib oliş hajmi böyiça Saudiya Arabistonidan ötib ketmoqçi. Saudiya Arabistoni hozirgi hajmlarni saqlab qolsa, unda bu holat ertaroq ham – may oyida yuz berişi mumkin. Bundan AQŞ energetika vazirligi axborot boşqarmasi prognozi darak bermoqda.       

Boşqarma prognoziga köra, 2018 yil sentabrda AQŞda neft qazib oliş hajmi kuniga 10,08 mln barrelni taşkil qiladi va yil oxirigaça 10,34 mln barrelgaça ösib boradi. Bu orada OPeK+ kelişuviga köra, Saudiya Arabistonining 2018 yil davomidagi kvotasi 10,058 mln barrel miqdorida belgilangan. Şu tariqa, OPeK+ kelişuvi qayta körib çiqilmasa, AQŞ keyingi yil sentabrigaça Saudiya Arabistonidan özib ketmoqçi.  

OPeKning dekabrdagi hisobotiga köra, joriy yil noyabrida Saudiya Arabistonining neft oliş hajmi kuniga 9,996 mln barrelni taşkil qilgan.  Agar qirollik şunday hajmni saqlab qolsa, AQŞ undan may oyidayoq ötib ketişi mumkin.

Bu orada Rossiya OPeK+ kelişuvi kuçda qolganda ham neft qazib oliş böyiça dunyodagi yetakçiligini saqlab qoladi. Kelişuvga köra, Rossiya neft qazib oliş hajmini 10,947 barrel bilan çeklaydi.