Telegram ma'muriyati BMTning inson huquqlari böyiça oliy komissari ofisiga murojaat qilib, Rossiyada messenjer atrofida yuzaga kelgan vaziyatga ta'sir körsatişni söradi. "Agora" huquqni himoya qiluvçi taşkilot rahbari Pavel Çikov öz Telegram-kanalida tegişli maktubni e'lon qildi.
"BMTning söz erkinligi böyiça maxsus ma'ruzaçisi professor Devid Kayye, men sizga Telegram Messenger LLP nomidan yozmoqdaman. Mening murojaatim Rossiya hukumatining internet va Telegram’ga nisbatan sönggi harakatlariga aloqador bölgan, söz erkinligiga jiddiy tahdidlari bilan boğliqdir. Kompaniya Federal xavfsizlik xizmatiga foydalanuvçilarning şaxsiy yozişmalari böyiça ma'lumotni taqdim etmagani sabab jarimaga tortildi, hamda Telegram yaqin haftalarda içida Rossiyada bloklab qöyilişi mumkin", - deyiladi maktubda.
Telegram iyun oyi oxirida Rossiyada bloklab qöyilişiga bir baxya qolgandi, öşanda u Roskomnadzorga “ma'lumot tarqatuvçi taşkilotlar reyestriga” kiritiş uçun kerakli axborotni berişdan boş tortgan. Biroq Telegram keyinçalik baribir barça kerakli ma'lumotni – kompaniyaning röyxatdan ötişiga aloqador hujjatlarni taqdim etdi.
Oktyabrda esa keliştiruvçi sud Telegram’ni 800 ming rubllik jarimaga tortdi, bu Federal xavfsizlik xizmatiga xabarlar kodini olib taşlaş böyiça ma'lumot berilmagani tufayli sodir böldi.












