Tarixdagi ilk sms-xabarning raqamli nusxasi Parij yaqinidagi Nyoyi-syur-Sen kommunasida ötgan kimoşdi savdosida 107 ming yevroga (121 ming dollar) sotildi. Bu haqda Le Monde naşri xabar berdi.

“Merry Christmas” (Rojdestvo muborak) degan qisqagina yozuvdan iborat bölgan xabar 1992 yilda Vodafone mobil aloqa operatori tarmoqlari orqali yuborilgan. Uni kompaniya xodimi Nil Papuort kompyuterdan kompaniya direktori Riçard Jarvis mobil telefoniga jönatgan.

Xabarning raqamli nusxasi surat körinişida bölib, unda ekranida ilk sms-xabar aks etgan mobil telefon tasvirlangan.

Kimoşdi savdosi Aguttes auksion uyi tomonidan taşkillaştirilgan. Xaridor noma’lum bölib qolişni istagan. U sms-xabarning raqamli nusxasi - NFT-token sohibiga aylangan.

Sms-xabarni sotuvga qöygan Vodafone kompaniyasida savdodan kelib tuşgan pullar BMTning qoçqinlar işlari böyiça komissariatiga xayriya qilinişi aytilgan.