Italiya Kubogining nimçorak finalida «Verona»ga qarşi öyindan oldin «Milan» fanatlari jamoaning yoş darvozaboni Janluiji Donnarummaga hujum qilişdi va uni tinmay haqoratlaşdi: «Tezroq daf böl yaramas!».

Qöşimçasiga tribunada şunday yozuvli banner osildi: «Ma'naviy zöravonlik: yiliga 6 mln yevro maoş va tekinxör akasini sudrab keliş? Endi daf böl, sabr kosamiz töldi!».

Bu voqealar Italiya naşrlarida keyingi kunlarda tarqalgan xabarlar bilan boğliq. Keling, boşidan körib çiqamiz.

• Seşanba kuni Italiyadagi yirik naşrlardan biri Corriere della Sera Mino Rayola Donnarummaning «Milan» bilan yozda imzolagan yangi şartnomasini bekor qildirmoqçi bölayotgani haqida xabar tarqatdi. Bu şartnoma tuzilişi ham futbolçining ketişi haqidagi mojarolardan keyin tuzilgandi. Öşanda ham jamoaning aşaddiy fanatlari Janluidjiga agentining haddan taşqari keskin talablari tufayli soxta pullar irğitişgandi. 

• Rayola – «Milan» örtasidagi yangi uruşning sababi şartnomada darvozabon aniq tovon puli belgilab qöyilmaganidir. Bu tufayli Donnarummani boşqa klublar sotib olişi qiyinlaşadi va uni sotişni klubning özi hal qiladi. Rayolaning özi köp ehtimol bilan yangi şartnoma tuzilgan vaqtda Milanda emasdi.

• Corriere della Sera ma'lumotiga köra, Rayola «Milan» ayni vaqtda turnirlarda omadsiz iştirok etayotgani, xususan, A seriyada yettinçi örinda borayotganini bahona qilmoqda. Agar u şartnoma tuzilişida qonundan taşqari holatni körsatib bersa va uni bekor qildira olsa, avvalgi, muddati 2018 yilning yoziga qadar şartnomaga köra, yozda mijozini «Real Madrid» yoki «PSJ»ga sotişi va maksimal darajada agentlik komissiyasini qölga kiritişi mumkin. «PSJ» uşbu darvozabon transferi borasida allaqaçon Rayola bilan muzokara boşlagan. 

• Sky Sport telekompaniyasi qayd etişiça,  Donnarumma yangi şartnomada tovon puli körsatilmasligini bilgan, bu yerda muttahamlik bölmagan. Il Sole 24 Ore naşri esa «Milan» va Donnarummaning oilasi vakillari yangi şartnoma haqida «mutlaqo tinç muhit»da, heç qanday bosimsiz şaroitda kelişuvga erişişgan. 

• Fanatlarning bannerida Jidjining maoşi miqdori (yiliga 6 million yevro) va uning akasi Antonio Donnarumma «Milan»ga 1 million yevro evaziga olib kelingani haqida ham eslab ötilgan. 

La Gazzetta dello Sport ma'lumotiga köra, Donnarumma yozda 40 million yevroga sotilişi mumkin. Corriere della Sera yozişiça esa, «Milan» uni 70 million yevrodan kamiga sotmaydi. «Milan»ning sport direktori Massimiliano Mirabelli esa bu xabarlarni inkor etib çiqdi: «Biz heç kimni sotmoqçi emasmiz. Jidji – ajoyib yigit, biz u bilan gaplaşib oldik. U heç qaçon ketiş istagini bildirmagan. Buning barini bir jyentlmen taşkillaştirmoqda, ammo biz hamişa «Milan» manfaatlarini himoya qilamiz.