«Mançester Siti» APLning 17-turida «Suonsi Siti»ni mağlubiyatga uçratdi. Suonsidagi «Liberti» stadionida keçgan uçraşuv mehmonlar jamoasining 4:0 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi.

Bu ğalaba evaziga «Mançester Siti» APL rekordçisiga aylandi. Xosep Gvardiola şogirdlari Angliya çempionatida qatorasiga 15 uçraşuvda ğalaba qozondi. Bundan avvalgi rekord «Arsenal»ga tegişli edi. Londonliklar 2001/02 yilgi mavsumning oxirgi 13 turida 13 ğalabaga erişgan, keyingi mavsumning birinçi turidagi ğalaba evaziga bu seriya 14 öyinga yetkazilgandi. 

«Mançester Siti» joriy mavsumning 17 turida 16 ğalaba va 1 durang qayd etgan holda ayni vaqtda turnir jadvalida 49 oçko bilan peşqadamlik qilmoqda. Ikkinçi örindagi «Mançester Yunayted» 11 oçkoga ortda qoldirilgan.