AQŞ kongressi kutubxonasi direktori Karla Xeyden 25 ta badiiy filmning milliy filmlar röyxatiga kiritilganini ma'lum qildi.
“Filmning Milliy röyxatga kiritilişi uning Amerika kinematografi tarixi va mamlakat madaniy merosi uçun ahamiyatli ekanining tan olinişi hisoblanadi. Qöyilgan vazifa – har yili faqatgina 25 ta filmni tanlab oliş şoşirib qöyadi, çunki bu röyxatga kiritilişga loyiq filmlar juda köp”, deb aytgan Xeyden.
Filmlar 1905 yildan 2000 yilgaça suratga olingan turli janrdagi filmlar orasidan tanlab olingan. Röyxatga “Oskar”ga sazovor bölgan “Titanik” (Titanic, 1997), “Pixini yorgan" (Die Hard, 1988) va “Supermen” (Superman, 1978) kabi filmlar kiritilgan.
Röyxatga kinematografning erta davrlaridagi “Nyu-York metrosi içi” (Interior of the New York subway, 1905), zamonaviy filmlardan "Yodda tut" (Memento, 2000) filmlari ham kiritilgan.












