Tojikiston hukumati tojik-afğon çegarasidagi bitta nazorat ötkaziş punktini yopdi va Panj daryo ustida joylaşgan beşta köprikda harakatlanişni tösib qöydi. Toğli Badaxşon muxtor viloyati va Şamsiddiniy Şoxin tumanidagi çegaraoldi bozorlarda odamlar deyarli yöq. Farxor tumanining Kokul aholi punktidagi nazorat ötkaziş punkti orqali yuk avtomaşinalarining harakati ham töxtatildi.

Xatlon viloyati ma'muriyatidan xabar berişiça, Afğoniston bilan çegaradagi juda katta hudud – Şamsiddiniy Şoxin tumanidan Toğli Badaxşonga qadar – xavfsizlik nuqtai nazaridan vaqtinçalik yopib qöyilgan.

Afğonistonning Badaxşon viloyati gubernatori Ahmad Faysal Bekzod 13 dekabr kuni Tojikiston bilan çegara yopilganini tasdiqladi. «Biz hozirda Tojikiston tomoni bilan çegaralarni oçiş masalasida muzokaralar olib bormoqdamiz. Bu viloyat aholisi uçun muhim, sababi yilning bu davrida kuçli qorlar tufayli Afğonistonning markaziy qismiga boriş deyarli imkonsizdir. Odatda kuzda va qişda oziq-ovqat mahsulotlarini faqat Tojikistondan sotib olamiz», - deya aytib ötdi afğonistonlik amaldor.

Biroq Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qömitasining Çegara qöşinlari boş boşqarmasi matbuot kotibi Muhammad Uluğxöjayevning ma'lum qilişiça, hukumatning tojik-afğon çegarasi bir qismini yopiş töğrisida heç qanday rasmiy topşiriği bölmagan.

Avvalroq Afğoniston bilan çegara afğonistonlik kontrabandaçilar guruhi bilan harbiy töqnaşuvdan söng yopilgandi, öşanda «Şörobod» çegara otryadi qömondoni polkovnik Xayriddin Axtamov halok böldi. Hodisa 2 dekabr kuni keçqurun yuz bergan.