Gretsiya poytaxti Afinada Afğonistonning elçixonasi oçiladi. Bu haqda Gretsiya taşqi işlar vaziri Nikos Kotzias milliy mudofaa va xalqaro işlar qömitasi yiğilişida ma'lum qildi.
“Duşanba kuni (18 dekabr) Afğoniston taşqi işlar vaziri keladi, çunki Afğoniston Gretsiyada elçixonasini oçmoqda. Bu elçixona mamlakatimizda oçiladigan uçta yangi elçixonadan biri böladi”, deb ma'lum qilgan vazir.
Biroq vazir Afinada yana qanday ikkita elçixona oçilişi borasida aniqlik kiritmagan.
Kotzias, şuningdek, 19 dekabrda Italiyaga “muhim ikki tomonlama muzokaralar ötkazgani” borişini ma'lum qilgan.












