Qozoğistonda ArcelorMittal kompaniyasining 400 dan köproq konçisi yer ostida qolmoqda. Ular kompaniya rahbariyatidan maoşlari oşirilişi va mehnat şaroitlarining yaxşilanişini talab qilişmoqda.

11 dekabrda ArcelorMittal’ning 4 ta konida 200 ga yaqin konçi smena yakunlangandan keyin iş joylarini tark etişdan boş tortganlar. Şundan keyin kompaniyaning mahalliy bölinmasi rahbariyati va konçilar kasaba uyuşmalari örtasida muloqot boşlangan. 12 dekabrda Qozoğiston mehnat vaziri Tamara Duysenova taşqariga 680 dan köproq konçi çiqişni istamayotganini ma'lum qilgan. Uşbu iş taşlaş Qozoğiston boş vaziri Bakitjan Sağintayevning ArcelorMittal’ning asosiy aksiyadori Lakşmi Mittal bilan muloqot qilişiga sabab bölgan. 13 dekabrda gubernator bilan suhbatdan keyin 150 dan köproq konçi yuqoriga kötarilgan.

“14 dekabrda rahbariyat bilan suhbatdan keyin 100 ga yaqin kişi yer ostidan kötarildi. 4 ta şaxtada 400 dan köproq odam qoldi. Boşqa konlarda yer ostida odamlar yöq”, deyilgan kompaniya xabarida.

Ma'lum qilinişiça, 14 dekabrda “Tentekskaya” koniga “ArselorMittal Temirtau” AJ boş direktori Paramjit Kalon va hukumatning bir neça vakillari kelgan.

“Men bugun konga 4 marta tuşib, konçilarga yer ostida ötiriş yeçim emasligini, zudlik bilan yuqoriga çiqib, muzokaralar boşlaş kerakligini tuşuntirdim. Konçilar könib, yuqoriga çiqmoqdalar. Şaxsan özim bugun 37 kişini yuqoriga olib çiqdim”, deb aytgan "ArselorMittal Temirtau"ning kömir işlab çiqariş departamenti direktori Tanat Dauov. 

"ArselorMittal Temirtau" AJ ArcelorMittal kompaniyasi tarkibiga kiradi va Qozoğistondagi eng yirik toğ-metallurgiya korxonasi hisoblanadi. ArcelorMittal dunyoda pölat işlab çiqaruvçi eng yirik kompaniyalardan hisoblanib, 60 ta davlatda vakolatxonalari va işlab çiqariş quvvatlariga ega.