Bugundan Yevropa çempionatlarida tur öyinlari davom ettiriladi. «Tribuna» kuçli beşlikdagi eng muhim öyinlar anonsini taqdim etadi.

ARSeNAL – NYuKASL (16 dekabr, 20:00)

Bu juftlik köpçilikka öşa maşhur 2011 yildagi kambekni yodga solsa kerak. Öşanda birinçi bölimni 0:4 hisobida boy bergan «Nyukasl» ikkinçi bölimda hisobni tenglaştirişning uddasidan çiqqan edi. Öşa öyindan keyingi töqnaşuvda ham durang natija qayd etilgan, ammo şundan beri «Nyukasl» «Arsenal»ga qarşi öyinlarda birorta ham oçko ololmay kelmoqda.

Uşbu öyin oldidan har ikki jamoaning ham kayfiyati joyida emasligini taxmin qilsa böladi. «Arsenal» oxirgi uç öyinda raqiblaridan yaqqol ustunlik qildi, 50dan ortiq zarbalar berdi, ammo atigi 2 oçko oldi, xolos. Natijada «Arsenal» nafaqat kuçli törtlikdan, balki, oltinçi örnidan ham pastga tuşib ketdi.

«Nyukasl»ning ahvoli esa, yanada oğirroq. Mavsumni yaxşi boşlab, hatto, peşqadamlarga yaqin yurgan Benites şogirdlari oxirgi 8 uçraşuvda atigi 1 oçko oldi, xolos. «Nyukasl» 21 oktabrdan buyon ğalaba nimaligini bilmayapti va hozirda xavfli zonadan atigi 1 oçko oldinda turibdi. Jamoaning keyingi raqiblari - «Arsenal», «Vest Hem» va «Mançester Siti». «Nyukasl» bu öyinlarda raqib kim bölişidan qat'i nazar, oçko olişga urinişga majbur, aks holda, yangi yilni yana «chempionship zona»sida boşlaşga töğri keladi.

ReNN – PSJ (16 dekabr, 21:00)

«Parij Sen Jyermen» kuni-keça «Strasbur» ustidan safarda 4:2 hisobida ğalaba qozondi va Liga kubogi niçmorak finaliga çiqdi. Ammo avvalgi turda aynan uşbu jamoadan qabul qilingan mağlubiyat parijliklar uçun nafaqat 3 oçkoga, balki qimmatroqqa tuşişi tabiiy.

Sababi, endi «PSJ»ni ham yutsa bölişini boşqa jamoalar ham tuşunib qolgan bölişlari mumkin. Endi Parij darvozasiga hujum qilişdan, unga yirik hisobda mağlub bölişdan qörqişmaydi.

Agar «PSJ»ga qarşilik qilişi mumkin bölgan keyingi örtamiyona jamoa haqida gap yuritiş mumkin bölsa, birinçi bölib, xayolga «Renn» kelişi tabiiy. Çunki, Sabri Lamuşi şogirdlari oxirgi 10 öyinda atigi bir marotaba mağlub böldi xolos. Jamoa 7 öyinda ğalaba qozonişning uddasidan çiqdi. Hatto «Marsel» kabi kuçli jamoa ham kubok musobaqasidan çiqarib yuborildi.

Yaxşi seriya natijasida 6-öringa kötarilib, yevrokuboklar uçun kuraşişi kutilayotgan «Renn» peşqadamga munosib qarşilik körsatişi mumkin.