Vazirlar Mahkamasining 5.12.2017 yildagi 965-son qarori bilan Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, iş topişda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng şartlarda raqobatlaşa olmaydigan şaxslarni işga joylaştiriş uçun iş örinlarining eng kam sonini belgilaş va zaxiraga qöyiş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.
Zaxiraga qöyiladigan iş örinlari köpayadi
Xodimlarning röyxatdagi örtaça soni 20 nafar kişidan ortiqni taşkil etadigan mulkçilik şaklidan qat'i nazar barça taşkilotlar muhtojlarni işga joylaştiriş uçun iş örinlarini zaxiraga qöyişlari darkor. Zaxiraga qöyiladigan iş örinlarining umumiy soni – örtaça xodimlar sonining 10 foizigaça (jumladan, nogironlar uçun kamida 3 foiz). Amaldagi tartibga köra, xodimlarning örtaça sonining 7 foizigaça va nogironlarni işga joylaştiriş uçun kamida 3 foiz iş örinlari zaxiraga qöyiladi.
Iş örinlari kimlar uçun zaxiraga qöyiladi
Iş örinlari fuqarolarning quyidagi toifalari uçun zaxiraga qöyiladi:
• 14 yoşgaça va nogiron bolalari bölgan yolğiz va köp bolali ota-onalar;
• umumiy örta va örta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarini tamomlagandan keyin kasbni egallagan yoşlar, şuningdek, oliy ta'lim muassasalarining davlat grantlari böyiça ta'lim olgan bitiruvçilar;
• safarbarlik çaqiriq zaxirasida xizmatni ötagan va Qurolli Kuçlar saflaridan muddatli harbiy xizmatdan böşatilgan şaxslar;
• nogironlar va pensiyaoldi yoşidagi şaxslar (erkaklar – 58 dan 60 yoşgaça, ayollar – 53 dan 55 yoşgaça);
• jazoni ijro etiş muassasalaridan yoki sudning qaroriga köra tibbiy tusdagi majburlov çoralari qöllanilgan şaxslar;
• odam savdosi qurbonlari.
Iş örinlarini zaxiraga qöyiş bosqiçlari
Xodimlarning röyxatdagi örtaça soni 20 nafar kişidan ortiqni taşkil etadigan taşkilotlar har yili:
• 1 avgustdan keç bölmagan muddatda lavozimlarni hisobga olgan holda kelgusi yil uçun zaxiraga qöyiladigan iş örinlarining umumiy sonini belgilaydi;
• 15 avgustdan keç bölmagan muddatda bu haqda ma'lumotlarni tuman (şahar) Bandlikka kömaklaşiş markaziga (BKM) taqdim etadi.











