Toşkent şahar IIBB xodimlari tomonidan ötkazilgan “Tozalaş-Antiterror” tadbiri davomida, Yunusobod tumani hududida istiqomat qiluvçi şaxs öz uyida jangovar qurol öqlarini saqlab kelayotganligi haqida ma'lumot kelib tuşgan. Bu haqda poytaxt IIBB axborot xizmati xabar bermoqda.
Uşbu ma'lumot asosida, 2017 yilning 13 dekabr kuni xodimlar tomonidan fuqaro 1950 yilda tuğilgan Ş.V.ning yaşaş xonadoni tekşirilgan. Mazkur tekşiruv davomida Ş.V. xonadon omborxonasida harbiy qutiçaga (kotelok) solingan AK-74 avtomatining 5,45 kalibrli jami 232 dona jangovar öqlarini saqlab kelayotganligi aniqlangan.


Mazkur holat yuzasidan yuqorida körsatib ötilgan qurol öqlari belgilangan tartibda olinib, Ş.V.ga nisbatan tegişli hujjatlar rasmiylaştirildi.











