Olimlar Şimoliy Atlantikada ba'zi baholaşlarga köra, 1505 yilda tuğilgan akulani uşlab olişdi. Şu tariqa tutilgan akula umurtqali jonzotlar orasida yaşaş davomiyligi böyiça mutlaq rekordçi bölişi mumkin. 

Tutilgan akula grenland yoki qutb akulalari turiga mansub bölib, bu turdagi akulalar yiliga örtaça bir santimetr ösadi va eng uzoq umr köruvçi umurtqali jonzotlar hisoblanadi. Ular örtaça 272 yil umr köradi, deb yozmoqda Sun naşri. Tutilgan akulaning uzunligi taxminan 5,4 metrni taşkil qiladi, uning yoşi esa radiouglerod tahlil yordamida aniqlangan. U 272 yildan 542 yilgaça umr körgan bölişi mumkin.

Foto: INSTAGRAM/@JUNIEL85

Grenland akulalari asosan baliqlar bilan oziqalanadilar, biroq ularning oşqozonlarida buğu va ot qoldiqlari ham aniqlangan. Islandiyada bu akulalar göşti delikates hisoblanadi. Biroq bu göştni maxsus tarzda tayyorlaş lozim, çunki u zaharli bölişi mumkin. 

Tutilgan akula DNKsining örganilişi olimlarga grenland akulalarining uzoq umr körişi mexanizmini va ular boşqa umurtqali jonzotlardan nimalari bilan farq qilişini tuşunişga yordam berişi mumkin. Bundan taşqari, bu akulalar öziga xos “vaqt kapsulasi” hisoblanadi: ularni örganiş insoniyat sivilizatsiyasining okeanlarga ta'siri darajasini tuşunişga imkon berişi mumkin.

Foto: INSTAGRAM/@JUNIEL85

Quruqlikda yaşovçi jonzotlardan eng uzoq umr köruvçilar toşbaqalar hisoblanadi. Ular 250 yildan köproq yaşaşi mumkin.