Moskva, agar Rossiya harbiy samolyotlari ittifoq mamlakatlari havo hududini yana buzsa, NATO kuçlari javob berişga tayyorligi haqida ogohlantirilgan. Bunday çora-tadbirlar samolyotni urib tuşirişni öz içiga oladi, deb xabar berdi Bloomberg 25 sentabr, payşanba kuni nomi oşkor etilmagan Yevropa siyosiy manbalariga tayanib.

Bloomberg manbalariga köra, Buyuk Britaniya, Fransiya va Germaniya diplomatlari Moskvada hamkasblari bilan norasmiy uçraşuv ötkazgan. Yiğilişda yevropaliklar sentabr oyi örtalarida Estoniya havo hududiga uçta MiG-31 qiruvçi samolyotining kirib kelişidan xavotir bildirdi. Yiğiliş yakunlari böyiça NATO vakillari uşbu havo qoidabuzarligi qasddan sodir etilgan va Rossiya qömondonligi buyruği bilan amalga oşirilgan degan xulosaga keldi, deya xabar beradi agentlik. Qayd etilişiça, bu Rossiyaning uçuvçisiz uçoqlari Polşa osmoniga bostirib kirganidan köp ötmay sodir bölgan va birgalikda bu hodisalar Rossiyaning NATOni «tekşirişga» urinişidek körinadi.

Berlin Moskvadagi uçraşuvni tasdiqladi. Germaniya hukumati vakilining sözlariga köra, diplomatlar Moskvani çegaradagi bunday buzilişlarni töxtatiş zarurligi haqida xabardor qilgan. Buyuk Britaniya va Fransiya vakillari Bloomberg agentligiga izoh bermadi.