Yaponiya hukumati 2018 yilning aprel oyida boşlanadigan kelasi moliya yilida mudofaa maqsadlari uçun rekord miqdorda – 46 milliard dollar ajratişni rejalaştirmoqda. Bu haqda «Interfaks» Yaponiya OAVga tayangan holda xabar berdi.

OAV ma'lumotlariga köra, mamlakat hukumati mablağlarning aksariyat qismini Şimoliy Koreya tomonidan ehtimoliy hujumlardan himoyalanişga möljallangan qurol-yaroğni sotib olişga yönaltirişni rejalaştirgan.

Ta'kidlanişiça, Yaponiya raketalarga qarşi mudofaa tizimini mustahkamlaşni ham möljallamoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq KXDR hukumati Janubiy Koreya Pxenyanga uning yadroviy dasturi tufayli joriy etilgan yangi sanksiyalariga «katta narx» tölaşini ma'lum qilgani xabar berilgandi.