KXDR hukumatining ma'lum qilişiça, Janubiy Koreya Pxenyanga uning yadroviy dasturi tufayli joriy etilgan yangi sanksiyalariga «katta narx» tölaydi. Bu haqda «Ryonxap» Koreya Markaziy telegraf agentligiga tayangan holda xabar bermoqda.

«AQŞga xizmat qiluvçi quturgan itlarning ahmoqona sanksiyalari va bosimi, faqat ularni [Janubiy Koreyani, - tah.] katta narx tölaşga majbur qiladi», - deya ma'lum qildi milliy murosa böyiça Şimoliy Koreya maslahatlaşuv kengaşining öz nomini oşkor etmagan vakili.

Ta'kidlanişiça, Seul joriy haftada KXDRga qaraşli 20 ta taşkilot hamda bu davlatdan bölgan 12 nafar kişini Pxenyan yadro dasturini xalqaro moliyalaştiriş bilan kuraş doirasida özining sanksiya röyxatiga kiritgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq BMT boş kotibi Şimoliy Koreyaga oid bayonot bergandi. Antoniu Guterreşning ma'lum qilişiça, xalqaro hamjamiyat KXDR bilan uruşga yöl qöymaslik böyiça barça çoralarni körişi lozim.