AQŞ prezidenti Donald Tramp ma'muriyati şunday strategiyani ilgari surmoqdaki, u Boeing hamda Airbus kompaniyasining Eron aviakompaniyalariga yuzlab laynerlar sotiş böyiça rejalariga xalaqit berişi mumkin, deb xabar berdi Wall Street Journal naşri amerikalik amaldorlarga tayangan holda.
Naşr ma'lumotlariga köra, AQŞ ma'muriyati Eron aviayönalişlari yangi yoki eski yölovçi samolyotlaridan Suriyaga qurol-yaroğ hamda harbiylarni jönatişda foydalanişi mumkin ekanidan xavfsiramoqda. Trampga taqdim etiladigan variantlar öz içiga savdoga taqiq hamda samolyotlarni yetkazib berişga xalal berişi mumkin bölgan qattiq şartlar joriy etilişini qamrab olişi ehtimoli bor.
Naşrning xabar berişiça, Eronga Airbus Yevropa aviakonserni samolyotlarini yetkazib berilişi AQŞ tomonidan töxtatib qöyilişi ham mumkin, sababi ehtiyot qismlarning aksariyati Amerikada işlab çiqariladi.
Eron va xalqaro vositaçilarning "oltiligi" (Rossiya, AQŞ, Buyuk Britaniya, Xitoy, Fransiya, Germaniya) 2015 yilning 14 iyul kuni Eron atomi böyiça köp yillik muammoga yeçim topiş töğrisidagi tarixiy kelişuvga erişdi: Qöşma keng kölamli harakatlar rejasi qabul qilindi, uning bajarilişi esa Erondan avval BMT Xavfsizlik Kengaşi, AQŞ hamda Yevroittifoq tomonidan joriy etilgan iqtisodiy va moliyaviy sanksiyalar olib taşlanişini anglatadi.
Ötgan yili esa Eronning Iran Air aviakompaniyasi Amerikaning Boeing işlab çiqaruvçisi bilan 80 ta samolyotni yetkazib beriş böyiça şartnoma imzoladi. Rejalarga köra, Iran Air yaqin 10 yil içida 50 ta Boeing 737 hamda 30 ta Boeing 777 samolyotini qabul qilib olişi lozim edi. Amerikaning Boeing korporatsiyasi va Eronning Iran Aseman Airlines aviakompaniyasi iyunda Tehronga 60 ta Boeing 737 MAX samolyotini yetkazib beriş haqida şartnoma imzolagan.












