Amerikalik respublikaçi-senator Lindsi Grem Pxenyan navbatdagi yadroviy sinovlarini ötkazgan taqdirda, AQŞ va KXDR uruşi imkonini 70 foizga baholadi. The Atlantic naşri şu haqida xabar berdi. 

"Aytişim mumkinki, biz öndan uç holatdagina harbiy yeçimga murojaat qilamiz. Agar koreyaliklar qöşimça yadroviy sinov ötkazişsa, u holda men uruş ehtimolini 70 foizga baholagan bölardim", - dedi u.

Grem vaqt "tugab borayotgani", agar heç narsa özgarmasa, Tramp KXDRga hujum qilişiga töğri kelişini ta'kidladi.

U harbiy yeçim deganda "rejimga qarşi keng kölamli uruş"ni nazarda tutganini aytdi.

Şu bilan birga, u Pxenyan bilan muzokaralarga tayyorligini ma'lum qildi. "Uruşdan qoçiş uçun barça variantlarni inobatga oliş kerak... Ular zamonamiz tarixini yozganda "Eh, Lindsi Grem hatto bu yigit bilan gaplaşib körişga harakat ham qilmadi", deyişlarini istamayman", - deya izohladi senator.