16 dekabrda yirik asteroid – “Faeton” (3200) Yerga yaqinlaşadi. Bu haqda NASA saytida ma'lum qilindi. 

Diametri 4,8 km keladigan samo jismi sayyoramizdan 10 mln km nariroqdan uçib ötadi. Bu masofa Yerdan Oygaça bölgan masofadan 27 marta kattaroqdir. Ta'kidlanişiça, keyingi marta bunday “yaqinlaşuv” 2093 yildagina kuzatiladi.

NASA asteroidni “potensial xavfli” asteroidlar toifasiga kiritadi. Agar u Yer bilan töqnaşsa, sayyoramizga jiddiy zarar yetkazişi mumkin. Asteroid öz orbitasi hisobiga, Quyoş atrofida aylanişi vaqtida 4 ta sayyora – Merkuriy, Venera, Yer va Mars orbitalarini kesib ötadi.

Asteroidning mavjudligi 1983 yilda IRAS sun'iy yöldoşi olgan suratlar evaziga ma'lum bölgan.