Ukrainaning Odessa oblasti sobiq gubernatori, Gruziya sobiq prezidenti Mixail Saakaşvilining ma'lum qilişiça, öz tarafdorlari tomonidan moliyaviy yordam taqdim etilişiga ehtiyoji bor. Bu haqda u feysbukdagi sahifasida yozdi. 

«Bizga haqiqatdan ham pullar kerak, biroq oligarxlardan emas, balki oddiy tarafdorlarimizdan, aynan ular mamlakatdagi vaziyatni içkaridan özgartirişni xohlamoqda», - deya ma'lum qildi Saakaşvili.

Eslatib ötamiz, avvalroq Mixail Saakaşvili Ukraina prezidenti Pyotr Poroşenkoni duşmanlarga şeriklik qilganlikda ayblamayotganini ma'lum qilgandi. «Bu notöğri bölgandi... Bizning barçamiz bir tomonda turişimiz hamda bu haqda gapirişimiz lozim, jumladan, u bilan ham. Biroq şu bilan birga, biz mamlakatni parçalab taşlaşga urinmaslik böyiça kelişib olişimiz lozim», - deya aniqlik kiritdi Saakaşvili.