Dunyoning deyarli har bir davlati öz pul birligi va banknotalariga ega. Quyida noodatiy dizayn va antiqa suratlarga ega qoğoz pullar keltirilgan.

Vetnamning 200 donglik kupyurasidagi “Belarus” traktori.

Vanuatuning 500 vatusi.

Turkiyaning 10 liralik kupyurasi. Uning bir tomonida turkiyalik matematik Jaxit Arf surati va u yaratgan formula tasvirlangan.

AQŞning Ohayo ştatining 23-gubernatori Salmon Çeyzning surati tuşirilgan 10 ming dollarlik banknota. Bu banknotalar ilk bor 1928 yilda çiqarilgan. Qiziği, uşbu banknotalar hali ham muomalada yuradi.

Feldmarşal Aleksandr Suvorov Pridnestrove Moldav Respublikasi banknotasida. Suvorovning banknotada tasvirlanişi sababi – u bu respublika poytaxti Tiraspolga asos solgan.

Yaponiyaning Ikkinçi jahon uruşi vaqtida Pyorl-Xarborga hujumidan keyin Havayi dollarlari bosib çiqarilgandi (oddiy dollarning orqasiga “Havayi” deb yozib qöyilgan). Bu banknotalar Yaponiya Havayi orollarini bosib olişi ehtimoliga ehtiyot şart çiqarilgan. Bunday holatda barça Havayi dollarlarini osongina noqonuniy deb tan oliş mumkin bölgan.

Liberiyada banknotalar dizayni ustida köp ham “boş qotirib ötirişmay”, AQŞ dollariga öxşaş valyuta çiqarişga qaror qilingan.

20-asrning buyuk olimlaridan biri Nikola Tesla Serbiyaning 100 dinorida.

Timsohlar va boşqa sudralib yuruvçilarning ajdodi, 200 mln yil avval yöq bölib ketgan, deb hisoblangan latimeriya baliği 1952 yilda qarmoqqa tutilgan. Şundan keyin uning surati 1000 franklik kupyurada paydo bölgan.














