Nukus şahridagi «Imom eşon Muhammad» jome masjidi ma'muriy binosining birinçi qavatida Özbekiston musulmonlari idorasining Qoraqalpoğistondagi vakilligi idorasi joylaşgan bölib, uning barça xonalari qayta ta'mirdan çiqarildi. Bu haqda ÖzA xabar bermoqda.

Ikkinçi qavatida axborot-resurs markazi, 2 kutubxona taşkil etildi. Issiq pol qurildi, eşiklari yangisiga almaştirildi. Namoz öqiydigan maskan rekonstruksiya qilinib, gumbaz qayta işlandi. Masjid yonidan minora, hovuz, novvoyxona, avtomobillar uçun töxtaş joyi va boşqa qulayliklar bunyod etildi. Manzarali daraxt va gullar ekildi. 

Şuningdek, masjid yonida 128 örinli imom-xatiblar malakasini oşiriş öquv markazi taşkil etilib, zamonaviy jihozlar bilan ta'minlandi.

Foto: ÖzA
Foto: ÖzA
Foto: ÖzA
Foto: ÖzA
Foto: ÖzA
Foto: ÖzA
Foto: ÖzA