Şu yilning kuz mavsumi boşlarida rohingya musulmonlari deyarli barça jahon OAVning diqqat markazida böldi. Myanmadan (aslida, bir neça asrlardan beri istiqomat qilayotgan vatanidan) quvilgan musulmonlar taqdiri, ularning körgiliklarini siyosatçilar, jamoat arboblari va şunçaki oddiy insonlar ham muhokama qildi. Media taşkilotlar fotoreportajlar e'lon qildi. BMT ularning quvilişini keskin qoralab çiqqan bölsa, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan va Çeçeniston respublikasi rahbari Ramzon Qodirov musulmonlarni qöllab-quvvatlaş böyiça bayonotlar berdi. Rohingyalarni ta'qib qilişni qoralovçi mitinglar taşkil etildi. Özbekiston ham bir neça ön tonnalik gumanitar yordam qölini çözdi.
Biroq asta-sekinlik bilan Myanma va qöşni Bangladeşda oğir ahvolda qolayotgan musulmonlar muammosi yoddan kötarila boşladi. Yuqori minbarlardan ularni himoya qilişga qaratilgan bayonotlar tobora kamroq jaranglamoqda. Fotolavhalar jahon OAVda köp ham e'lon qilinayotgani yöq. Rohingya musulmonlari taqdiriga ba'zi mamlakatlar, xayriya va notijorat taşkilotlari qayğurmoqda, xolos. Ammo ularning sa'y-harakatlari yetarli emas.

Rohingya Myanma va Bangladeş çegarasini kesib ötib, lagerga joylaştirilişini kutmoqda. Myanma uçun rohingya Bangladeşdan kelgan noqonuniy köçmançi, mahalliy aholiga qörquv solayotganlardir.

Bangladeşga qayiqlarda yetib kelindi. Myanmada köplab boşqa musulmon jamoalar istiqomat qilişadi. Ular hatto rohingyalar yaşaydigan Rokhayn ştatida ham bor. Ammo ular butparastlikka e'tiqod qiluvçilar bilan yaxşi bordi-keldi munosabatida.

Töyib ovqatlanmaslik va diareyadan aziyat çekayotgan rohingya ayoli. Jahon hamjamiyati esa, barça rohingyalarni zolim myanmaliklar zulmidan qoçayotgan qoçqinlar, deb hisoblamoqda.

Rohingya bolalari bepul ovqat uçun navbatda. Bangladeşga 600 mingdan ortiq kişi qoçib ötgan. Vaqtinçalik lagerlarda 1 millionga yaqin musulmon kun keçirmoqda. Ularning aksariyati avgust oyidagi vaziyat keskinlaşgunça ham şu yerda yaşab kelgan.























