Özbekiston futbol federatsiyasi «Neftçi» boş murabbiyi Vadim Abramovni noma'lum muddatga futboldan çetlatgani haqida xabar berdi.

Mutaxassis Özbekiston futbol federatsiyasi tomonidan qabul qilingan qarorlar böyiça, keng jamoatçilik örtasida nosoğlom fikrlar vujudga kelişiga sabab bölayotganida ayblandi.

Championat.asia sayti xodimi Hayrulla Xoliqov Abramov bilan boğlanib uning fikrlari bilan qiziqdi.

- Meni çetlatişdi? Bu hazilmi yo çinmi? Mening xabarim yöq. Buni endi birinçi marta sizdan eşitib turibman, - dedi Vadim Karlenoviç hayron bölib. - Töğrisi, nima uçun futboldan çetlatilganimni bilmayman. 

- Sizni ÖFF va PFL şa'niga notöğri fikrlar bildirgan deb yozilgan.

- Ha, şundaymi? Biz - futbol kişilarimiz. Futbolda har kimning öz fikrini aytişga haqqi yöqmi? Keça PFLda yiğiliş böldi. Unda men ham qatnaşdim. Bir-ikkita gapga öz munosabatimni bildirdim. Eşitgan bölsangiz kerak, keyingi yil Oliy va Birinçi ligada öynaş uçun futbolçilar normativ topşiradi. Normativ juda murakkab tuzilgan, uni hatto Bobbi Çarlton ham topşirolmasdi. Men PFLning ba'zi qarorlari böyiça öz fikrimni aytdim, balki bironta gapim yoqmagan bölişi mumkin.

- Endi federatsiyaga borib masalaga oydinlik kiritsangiz kerak?

- Albatta, boraman. Kimgadir gaplarim yoqmagan bölsa, keçaning özida yuzimga aytsa bölardi. Endi federatsiyaga ötib tuşuntiriş berişlarini sörayman. Agar hamma meni özbek futboli uçun keraksiz odam deb hisoblasa, buning uçun meni çetlatişlari şart emas, özimga aytsa indamay futboldan ketaman.