Alphabet kompaniyasining tajriba bölimi hisoblangan Alphabet X Hindistonning Andxra-Pradeş ştati hukumatiga Free Space Optical Communications (FSOC) texnologiyasini sotiş haqida e'lon qildi. FSOC - mamlakatning qişloq hududlari aholisiga internetga ulaniş imkonini beruvçi erkin aloqa optikasi.

Alphabet kompaniyasi hind ştatiga Project Loon taşabbusi doirasida işlab çiqilgan 2 ming FSOC qurilmasini taqdim etadi. Bu yirik nuqtalar -  mobil aloqa minoralari va Wi-Fi zonalariga ulanuvçi kiçik qutiçalar. Ular bir-biridan bir neça kilometr narida, tomlar yoki ustunlarda joylaşgan bölib, yoruğlik nurlari vositasida xabarlaşadi hamda yaqin oradagi mintaqalarni tezkor internet bilan ta'minlaydi. 

Bugunga kelib, Andxra-Pradeş aholisining 20 foizi tarmoqqa kiriş imkoniga ega. Ştat hukumati maqsadi — 2019 yilga borib, 12 million uy xöjaligi va korxonalarni internet bilan ta'minlaş. Rejadagi tezlik fuqarolar uçun - 15-20 Mbit/s va taşkilotlar hamda xususiy kompaniyalar uçun - 1 Gbit/s.

FSOC texnologiyasi birinçi marta Project Loon aerostatini işlab çiqişga doir loyihada Google X tomonidan qöllangan. Havo şarlari stratosferaga kötarilib, sayyora aholisini 4G LTE simsiz aloqa standarti bilan ta'minlaşi kerak edi. Kuzda kompaniya uni "Mariya" dovuli asoratlarini bartaraf etişda yordam beriş uçun  Puerto-Riko uzra işga tuşirdi.

Alphabet kompaniyasi FSOC jihozlarini Loon loyihasining "yangiça yondaşuvi" deb atadi. Alphabet X muhandislaridan iborat jamoa texnologiyani tatbiq etişga kömaklaşiş uçun Hindistonga yöl oladi.