Şamsiddin Şodiyev (ism-familiyalar özgartirilgan) mömay pul işlab topiş ilinjida norasmiy ravişda xorijga çiqib ketdi. Oradan köp ötmay, rafiqasini ham çaqirib oldi, deb yozadi “Huquq” gazetasi.

Ulğayib, voyaga yetgan öğli Şahobiddin bobo-momosi bilan yaşab turdi. Tergab turadigan ota-onasi olisda, bemalolxöjaga aylangan yigit bironta joyda yolçitib işlamadi. Tayinli işi bölmagan amakisining öğli Turdiali, takasaltang oğaynilari bilan kayfu safoga berildi.

Şu yil 26 fevral kuni jiyani Turdiali bilan qişloqning guzarida körişdi.

- Beşariqdagi Ğiyos akaning avtomoykasidan karçerni olib ketib sotamiz, - deya uni yöldan urdi.

- Mayli-yu, qanday olib çiqamiz?

- Qulfini buzib kiramiz. Karçerni Qöqonda pullaymiz. Keçasi uyingga boraman. Uxlab qolmagin. Uydagilarga sezdirmay köçaga çiq.

Tun yarmida Şahobiddin jiyanini qöl telefonida çaqirdi. Turdiali köçaga çiqqaç, Şahobiddinning velosipedida Beşariqqa yöl olişdi. Sirdaryo köçasining avtomobil yuviş şoxobçasining darvozasiga qulf osilgan, tevarak-atrof kimsasiz edi.

- Taşqarida köz-quloq bölib turasan, - deya Şahobiddin osma qulfni buzib, içkariga kirdi. Ortidan Turdiali ham kirib bordi. Karçerni velosipedga ortib, ortga qaytişdi. Karçerni Şahobiddinning qurilişi tugallanmagan uyiga yaşirişdi. Ertasiga Şahobiddin Beşariqqa borib, notaniş haydovçi bilan kelişib, “Damas” maşinasiga Turdiali bilan karçerni ortişdi. Şahobiddin sinfdoşi Hoşimjonga qönğiroq qildi.

- Bitta buyumni Qöqonda sotib kelaylik, - dedi unga.

- Böpti. Men kiyinib, köçaga çiqib turaman.

Qöqon şahrida öğirlangan asbobni sotişolmay, Danğara tumaniga yöl olişdi. Yöl böyidagi “avtomoyka” işçisi boşliği bilan gaplaşib çiqqaç, karçerni 350 ming sömga sotişdi. Şahobiddin 40 ming sömni yölkiraga, yuz ming sömni Turdialiga berdi. Qolganini öziga olib qoldi-da, maişatga sarfladi.

Şahobiddin köp ötmay Turdialini yana “ovga” boşladi. Beşariqda soçini oldirgan sartaroşxonadagi televizor esiga tuşdi. Jiyani bilan tun yarmida sartaroşxona oynasini sindirib, içkariga kirdi. Televizor va modemni velosipedga ortib ketişdi. Ertasi kuni ertalab notaniş kirakaşning maşinasida Qöqonning Yangi bozoriga eltib, 750 ming sömga pullaşdi. Şahobiddin 40 ming sömni yölkiraga, 150 ming sömni jiyaniga berdi, qolganini tağin maişatga sarfladi.