“Barselona” hujumçisi Lionel Messi Ispaniya Primerasi 16-turidan örin olgan, “Deportivo”ga qarşi öyin oldidan “Kamp Nou” stadionida muxlislarga “Oltin butsa”sini körsatdi.

Messi uşbu mukofotning 4 karra sohibi bölgani may oyida ma'lum bölgandi, mukofotning özi esa 24 noyabrda topşirilgan.

Messi Ispaniya Primerasining 2016/2017 yillardagi mavsumida “Barsa” tarkibida 34 ta öyin ötkazib, 37 ta golga mualliflik qilgan va 74 reyting oçkosi töplagan.

Messi 2010, 2012 va 2013 yillarda ham Yevropa çempionatlarining eng yaxşi töpurari bölgandi.

“Oltin butsa” reytingida futbolçi urgan gollar soni çempionatning tegişli koeffitsiyentiga köpaytiriladi. Yevropaning yetakçi 5 çempionatida (Ispaniya, Angliya, Fransiya, Italiya va Germaniya) urilgan gollar 2 oçko bilan baholanadi.