Liviyaning sobiq davlat rahbari Muammar Qazzofiyning öğli Sayfulislom Liviya prezidentligi uçun saylovlarda öz nomzodini ilgari suriş imkoniyatini körib çiqmoqda. Bu haqda Egypt Today gazetasiga qabila rahbari va Qazzofiylar oilasi vakili Bosim al-Hoşimiy as-Soul ma'lum qilgan.
Iyun oyi boşlarida "Abu Bakr as-Siddiq" nomli qurolli guruh Sayfulislomni ozodlikka çiqargan edi. Guruh Jumhuriyat yetakçisining öğlini 6 yil mobaynida qamoqda saqlagan, parlament tomonidan e'lon qilingan umummilliy amnistiyadan söng, uni ozod etişga qaror qilgandi. Xalqaro jinoyat sudi 2011 yildan buyon uning topşirilişini talab qilib keladi.
"Sayfulislom 2018 yil örtalarida bölişi ehtimol qilinayotgan prezidentlik saylovida oliy davlat lavozimi uçun kuraşadi", — degan as-Soul.
Uning sözlariga köra, Sayfulislom Qazzofiy yaqin orada e'lon qilişi kutilayotgan öz dasturini tayyorlagan. Liviyadagi barça guruhlar hamkorligida xavfsizlikni ta'minlaş boş maqsadlardan biri sifatida belgilangan.
Avvalroq, Qazzofiy oilasi advokati Sayfulislom Liviya hududida siyosiy faoliyatini boşlaganini va mamlakat içkarisida kelişuvga erişib, muammolarni siyosiy yöl bilan hal etiş niyatida ekanini aytgandi.













