Inson umrini yonib turgan şamga qiyoslaşadi. Kimning şami uzoqroq va yana kimningdir şami qisqaroq yonadi. Bu yoği esa Allohning taqdiriga va hikmatiga boğliq işdir.
Xabaringiz bor, KUN.UZ sayti orqali imkoni boriça xayriya aksiyalari uyuştirib, bu orqali bemor yurtdoşlarimizga xolis yordam körsatişni maqsad qilganmiz. Ana şunday xayriya aksiyasiga bağişlangan maqola joriy yilning 1 dekabr kuni “Xayriya aksiyasi: bemorlik azobiga bardoş berayotgan Maftuna yordamga ilhaq” sarlavhasi ostida e'lon qilingan edi. Unda oşqozon içidagi bezlari kattalaşgani tufayli aziyat çekayotgan Maftuna ismli qiz haqida gap boradi. Qizning davolanişi uçun u Hindistonga borib jarrohlik operatsiyasi ötkazişi kerak edi. Buning uçun esa yaxşigina mablağ talab etilardi.
Oradan köp ötmay, ya'ni 6 dekabr kuni zarur mablağlar töplangaç, Maftuna onasi hamrohligida davolaniş uçun Hindistonga uçib ketgandi. Bunga bağişlab, “Bardoşli qiz tarixi: Maftuna Hindistonga davolaniş uçun yölga çiqdi” sarlavhali maqola ham e'lon qilingandi.
Hindistonga jönab ketgan Maftuna murakkab jarrohlik amaliyotini ötkazib, oilasi bağriga qaytib keldi. Bu xuşxabardan quvondik. Beixtiyor xayrli işimizdan közlarimizga yoş keldi. Biroq, biroz muddatdan söng, şumxabar keldiki, tanamiz muzlab ketdi. Maftuna oilasi davrasida bir muddat quvonçli lahzalarga guvoh böldi-yu, bu yoruğ olamni tark etdi. Yaratganning hukmiga heç kim isyon qilmaydi. Bunga haddimiz ham, kuçimiz ham yetmaydi. Bir haqiqat bor: "Inna lillahi va inna ilayhi radjiun" - Biz Allohnikimiz va Allohga qaytguvçimiz.
Maftuna uçun taşkil etilgan xayriyada iştirok etganlarga çeksiz rahmat. Barçangizdan Yaratganning özi rozi bölsin! Bir murğak qalbga ozgina bölsa ham quvonç hadya eta olgan bölsak, Öziga şukr. Yana bir gap. Atrofingizda mana şunday kömakka muhtojlar bor. Imkonimiz bor ekan, keç bölmasdan ulgirib qolaylik.
Saytimiz nomidan ham Maftunaning onasi, bobosi va yaqinlariga çuqur hamdardlik bildirib qolamiz.













