Saudiya Arabistoni uglevodorodlar örniga muqobil energiya manbalarini rivojlantiriş dasturi doirasida uran razvedkasiga kirişdi. "Al-Okaz" gazetasi qirollikning Geologiya boşqarmasi rahbari Zohir Nuvabning sözlariga asoslanib, şu haqida xabar berdi.
"Xail provinsiyasida uran rudalari va toriy zaxiralari razvedkasi va ularni baholaşga doir loyiha böyiça işlar boşlandi. Loyiha ikki yilga möljallangan bölib, u Geologiya boşqarmasi va qirol Abdulla nomidagi atom va qayta tiklanuvçi energetika ilmiy markazi, şuningdek, xitoylik mutaxassislar jamoasi iştirokida ötkaziladi", - dedi Nuvab.
Uning sözlariga köra, mazkur loyiha mamlakatdagi keng kölamli geologorazvedka doirasida valiahd şahzoda buyruğiga binoan amalga oşirilmoqda. Unda Saudiya qirolining şu yilning mart oyida Pekinga taşrifi davomida imzolangan şartnomaga muvofiq, Xitoy milliy atom korporatsiyasi mutaxassislari ham iştirok etişmoqda.
Boşqarma rahbarining ta'kidlaşiça, qirollik topilgan zaxiralardan harbiy maqsadlarda foydalanmaydi.
2015 yilda Saudiya Arabistoni valiahd şahzodasi Muhammad bin Salmon Ol-Saud mamlakatni 2030 yilgaça rivojlantirişga doir iqtisodiy dasturi haqida e'lon qilgan. Mazkur dastur mamlakatning neftga qaramligidan voz keçişni közda tutadi.












