Dunyoda eng köp yölovçiga xizmat körsatuvçi Atlanta aeroportidagi elektr ta'minoti butunlay tiklandi. Bu haqda şahar meri Qosim Rid xabar bergan. Bu yerda avvalroq elektr energiyasi bilan kelib çiqqan muammolar tufayli 1,1 mingdan ortiq reys bekor qilingandi. 

Atlanta aeroporti yakşanba kuni keçqurun işini qisman töxtatdi va reyslarni qabul qilmay qöydi. Keyinçalik öt öçiruvçilar aeroport barça reyslarni bekor etgani, yölovçilar esa evakuatsiya qilingani haqida xabar berişdi. Energetiklar aeroportdagi elektr ta'minoti tizimini yarim tunga (Toşkent vaqti bilan soat 10:00) qadar töliq tiklaşni rejalaştirişgandi.

"Barça elektr ta'minoti töla hajmda tiklandi", - deya yozgan Rid Twitter’dagi sahifasida.

Qöşma Ştatlarning Jorjiya ştatida joylaşgan Atlanta xalqaro aeroporti dunyoda eng köp yölovçilarga xizmat körsatuvçi aeroport sanaladi. 2016 yil yakunlariga köra, bu yerdagi yölovçilar oqimi 104 million kişini taşkil etgan.