Sloveniyaning Pipistrel startapi yengil elektr samolyotlar bozorini egallamoqda. Yaqinda u Xitoy kompaniyasi bilan Osiyodagi zavodlarda Alpha Electro öquv-maşq va Panthera gibrid samolyotlarini işlab çiqariş böyiça bitim tuzdi. Endi bölsa öz mahsulotlarini Kanadaga yetkazmoqçi.
Kanada hukumati Pipistrel’ning Alpha Electro modelidagi ilk elektr samolyotga mamlakat hududi uzra uçişga ruxsat berişga yaqin turibdi. Hozirça AQŞ haqida bunday deyiş mumkin emas: AQŞ fuqarolik aviatsiyasi federal boşqarmasi Alpha Electro’ni unda porşenli dvigatellar bölişi kerakligini vaj qilib, yengil va sport samolyotlari toifasida qöllaşga ruxsat bermayapti.
Birinçi töliq elektrlaştirilgan ikki kişilik Alpha Electro samolyoti Kanadadagi yangi mijoziga yetkazildi va doimi joyi Pitt-Medous aerodromida böladi.
Samolyot Siemens’ning 80 ot kuçiga ega 60 kilovvatli elektromotori bilan jihozlangan. Samolyot qanotlari quloçi 10 metrni, fyuzelyaji uzunligi 6,4 metrni, maksimal vazni 550 kgni, tezligi 157 km/soatni taşkil qiladi. Alpha Electro’ning batareyasi bir soat parvoz qilişga yetadi, uni quvvatlaş uçun 45 daqiqa ketadi.
Yengil elektr samolyotlar uçuvçilar va uçişni örganuvçilarni öqitiş uçun har tomonlama mos keladi va qimmat turuvçi ta'mirlaş va texnik xizmat körsatişni talab qilmaydi.
Joriy yil oxiridan AQŞning Be Aerospace kompaniyasi tomondan yaratilgan Sun Fler elektr samolyotida uçuvçilar maşğulot ötay boşlaydilar. Bu yonilğida işlovçi şunday samolyotlardan ança nafliroqdir. Bunday bir motorli elektr samolyot bir soat parvoz uçun 3 dollar sarflagan bir vaqtda, benzinda işlovçi xuddi şunday samolyotga 40 dollar ketadi.












