Ma'lum vaqt avval AQŞning şaharlari va ştatlari rahbariyatlari tadbirkor Ilon Maskning The Boring Company kompaniyasiga tunnellar qurişga ruxsat bermaganlarini, Mask ularni notöğri tuşunganini ta'kidlaşayotgandi.

Körinişiça, iş joyidan siljib, tunnel qaziş uçun ilk şartnoma tuzildi. AQŞning Merilend ştati gubernatori Lari Xogan jurnalistlar bilan suhbatda uning jamoasi The Boring Company bilan yaqindan hamkorlik qilayotganini tasdiqladi. 

Xoganning aytişiça, Baltimor şahridan Vaşingtongaça tezyurar elektr transport tunneli ötkaziladi. Söngra bu tunnel Nyu-Yorkgaça davom ettiriladi.  

Kompaniya tomonidan qaziladigan tunnellardan ba'zilari Hyperloop transport tizimlariga aylantirilmoqçi. Maskning ta'kidlaşiça, Nyu-York va Vaşington örtasida aynan şunday tizim barpo etiladi. Agar ğoyani amalga oşirişga muvaffaq bölinsa, unda tunnellar böylab soatiga 1100 km tezlikda harakatlanuvçi yölovçi va yuk kapsulalari harakatlanadi.

Ötgan yili Mask tirbandliklardan “töyganini” va tunnellar qaziş böyiça kompaniyani taşkil etganini ma'lum qilgandi. Yaqinda Mask jamoat transportini tanqid qilib, unda yurişni “azob” deb atagandi. Agar Merilenddagi tajriba ijobiy natija bersa, unda qolgan ştatlar ma'muriyati bilan ham Hyperloop tizimini barpo etiş böyiça şartnomalar tuziladi.