Uç ölçovli bosma nafaqat işlab çiqariş xarajatlarini sezilarli darajada kamaytirişi, balki turli asboblarni yaratişni yengillaştirişi mumkin. Şu sababli, hatto katta agentliklar ham qurilmalar yaratişda 3D-bosmani tobora kengroq qöllamoqda. Yaqinda AQŞning aerokoinot agentligi NASA 3D-printerda bosilgan dvigatelning ilk sinovlarini ötkazdi.

Sinovlar muvaffaqiyatli ötganini VistaNews portali ma'lum qildi. Naşr tahririyatining ta'kidlaşiça,  RS-25 dvigateli sinovlaridan biri 13 dekabrda ötgan. Öşanda olimlar dvigatelning barça böğinlari işlaşini tekşirişdi va raketa işga tuşirib körildi. 17 dekabrda ötkazilgan yana bir sinov esa parvoz kontrolyorini örnatiş va sozlaş tizimi işini tekşirişga imkon bergan.

RS-25 dvigateli balandligi 16 metr keladigan raketa dvigateli bölib, u Space Shuttle sinfidagi koinot qurilmalarini osmonga biror-bir qiyinçiliksiz kötara oladi. NASA muhandislarining ta'kidlaşiça, dvigateli printerda bosib çiqarilgan raketaning ilk parvozi 2019 yilga belgilangan.