Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ma'lum qilişiça, MDH uçun tahdid Markaziy Osiyo va Yaqin Şarqdagi terrorçilardan kelmoqda, ular bu mintaqalardan ekspansiya uçun maydon sifatida foydalanişga harakat qilişmoqda, deb xabar berdi RIA «Novosti».

Putinning sözlari Rossiya Federal xavfsizlik xizmati direktori Aleksandr Bortnikov tomonidan MDHga a'zo mamlakatlar xavfsizlik organlari va maxsus xizmatlari rahbarlari Kengaşi yiğilişida öqib eşittirildi.

«Şunisi aniqki, jahonda röy berayotgan vaziyat global çaqiriqlar va tahdidlarga yangi, yanada samarali yöllar bilan javob qaytarişni talab qilmoqda. MDH davlatlari uçun asosiy xavf Markaziy Osiyo, Yaqin Şarq hamda Şimoliy Afrikada harakatlanayotgan terrorçilik taşkilotlaridan kelmoqda. Terrorçilar bu mintaqalardan ekspansiya uçun maydon sifatida foydalanişga urinişmoqda, bu yerda yangi jangarilarni yollaşmoqda va ularni öqitişmoqda, boşqa davlatlardagi vaziyatni beqarorlaştiriş uçun yönaltirişmoqda», - deya ta'kidlab ötdi Putin.

Şuningdek murojaat matnida ta'kidlanişiça, maxsus xizmatlarning an'anaviy uçraşuvlari «terrorizm, ekstremizm, giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasi, transmilliy jinoyatçilik bilan kuraşdagi köp tomonlama hamkorlikni rivojlantirişga kömak beradi».