Suriyaning Halab viloyatida jangarilar va hukumat qöşinlari örtasidagi töqnaşuvlarda 1938 yilgi namunadagi M-30 gaubitsalari qöllanilayotgani ma'lum böldi. Uşbu qurolning jang vaqtida qöllanilayotgani videosi YouTube’ga joylaştirildi.

Rolikka berilgan izohda ma'lum qilinişiça, Stalin vaqtidagi 122 millimetrli gaubitsalar Suriya qöşinlari va ularning ittifoqdoşlari tomonidan Dirm-al-Sayal va Ubayda aholi punktlaridagi töqnaşuvlarda qöllanilgan.

Ma'lum qilinişiça, bu qurol Suriyadagi ixtilofda qöllanilayotgan “Msta-B” gaubitsalariga qaraganda ança eskirib qolgan bölsa-da, jangarilarga qarşi hali ham samarali qurol hisoblanadi. 

Suriya armiyasi janglarda 1930-yillarda işlab çiqilgan sobiq ittifoq qurollarini qöllaşga majbur bölgani noyabr oxirida ma'lum bölgandi. Jumladan, gap 1937 yilgi namunadagi 152 millimetrli ML-20 zambaragi va suriyalik artilleriyaçilarning aytişiça, “öz körsatkiçlari böyiça dunyoda tengi yöq” M-30 gaubitsalari haqida ketgan.

ML-20 va M-30 artilleriya qurollari Suriyaga Sobiq ittifoq tomondan yetkazib berilgan va mahalliy ixtiloflarda qöllanilgan. Oçiq manbalardan olingan ma'lumotlarga köra, 2012 yilda Suriyada bu qurollardan bir neça önlab dona bölgan. Bundan taşqari, uşbu qurollar Suriyaga 2016-2017 yillarda Rossiya tomondan ham yetkazib berilgan.