Öqituvçilar va ularning muammolari haqida köp va xöp gapirildi. Bu mavzu haqida çunonam gapirildiki, endi bu gaplar qalbimizni ortiq larzaga solmaydigan, hayratimizni oşirmaydigan odatiy turmuş manzaralariga aylandi. Ammo biz gapiraveramiz. Bunga sabablar köp, ammo ular içida eng haqiqiysi bu gaplar zamirida INSON manfaati, uning qadr-qimmati yotibdi. Xullas, biz gapirişda davom etamiz...

Tahririyatimizga Namangan şahrida joylaşgan kasb hunar kollejlaridan birida uzoq yillardan buyon dars berib kelayotgan öqituvçi ayol qönğiroq qilib qoldi. Tabiiyki, aynan qaysi kollej va aynan kimligini maqolada keltirişimizni istamadi. Uning sözlariga quloq solar ekanmiz, dunyoning mana-man degan davlatlari-yu, milliarderlari robotlar işlab çiqarişga qançadan qança mablağ ajratişyapti, bizda esa tuğma robotlar serob ekanligiga amin böldik.

“Tekşiruvçilar kelarmiş...”

Foto: 123RF

“Ketma-ket ikki kun - 13-14 dekabrda oçiq dars ötdim. Ikkinçi kun ötayotganimda kollejimiz direktori kelib, tekşiruvçilar kelarmiş, sizning xonangizga olib kiramiz-da, deb qoldi. Bir payt salom yöq, alik yöq 30 nafarga yaqin kişidan iborat jamoa xonaga tapir-tupur kirib kelişib, darrov qoğozga yopişib ketişdi. Yana hujjatbozlik. Buning örniga öquvçilarning bilimi, ularning şaroiti va nimaga qiziqişlari, nimalar zarurligi haqida qiziqişmaydimi? Mantiqsizlikni qarang... Hujjat nimani hal etib bera oladi? 

Oddiy misol: qiş mavsumi boşlandi. Kollejimizga yangi kotel örnatib berişdi. U ham çiroq bölsa işlarmiş, bölmasa yöq. Öquv xonalaridagi isitiş trubalari muzlab yotibdi. Uyimdan elektr peç olib kelib örnatdim. Öquvçilar xonaga kirişgan zahoti öşaning yonida ğujğon bölib ötirib olişadi. Azoiy badanidan sovuq ötib ketgan öquvçi dars tinglaydimi, yozadimi, öqiydimi? 

Tekşiruvçilar forma haqida söragandi, öquvçilarimdan biri şart örnidan turib “Avval xonani isitib qöying, keyin forma söraysiz. Sovuqda forma kiyişga nima bor?”, dedi. Uning bu örinli e'tirozi tekşiruvçiga eriş tuyuldi şekilli “Bu bahona böla olmaydi”, dedi.

Oylab paxta dalasida yurdik. Lekin birortasi kelib, davomat yoki forma va yoki biror narsa bilan qiziqib körmadi. Dekabr boşlanib, öquv işlari jadal sur'atda davom etayotgan bir paytda (çunki uç oy davomida darslar qolib ketgan, ularga yetib oliş talab etiladi) har ikki kunda yigirma-öttiz kişidan iborat tekşiruvlar bölib turibdi. Bunça odamning qiladigan boşqa işi yöqmi?