Parkent tumanida, joriy yilning 3 noyabr kuni 1961 yilda tuğilgan Zokir Yusupovning (keltirilgan ism-familiyalar özgartirilgan) uyida yollanma işçi bölib işlab keluvçi, Namangan viloyatida yaşovçi, muqaddam sudlangan, 1991 yilda tuğilgan Dilmurod Boqiyev, Zokir Yusupovning uyi darvozaxonasida turgan öziga tegişli «Neksiya» rusumli avtoulovini eşigi oçiqligidan va kaliti öt olgiçda turganligidan foydalanib olib qoçib ketgan. Bu haqda Toşkent viloyati IIB xabar berdi.

Olib borilgan suriştiruv tekşiruv işlari davomida gumon qilinuvçi Dilmurod Boqiyev boşqaruvida bölgan «Neksiya» rusumli avtoulov Ohangaron tumani hududida joylaşgan «Çinor» YPX maskanida uşlandi. 

Tergovni IIB olib bormoqda.