Hyundai Veloster ikkinçi avloddagi asimmetrik hetçbekining ilk fotosuratlari paydo böldi. Jahon premerasi yanvar oyida Detroytdagi motorşouda bölib ötişi kerak bölgan avtomobil suratlari Carscoops naşri tomonidan e'lon qilindi.

Foto: CarScoops

Dastlabki ma'lumotga köra, keyingi Veloster hajmi 1,4 va 1,6 litr bölgan ikkita turbomotor bilan taklif etiladi, ular yetti poğonali ikkita ulovçi mexanizmga ega «robot» bilan juftlikda işlaşi mumkin. Eng kuçli variant i30N xot-hetçidan ikki litrli dvigatelga ega böladi, undagi quvvat esa 275 ot kuçiga yetadi.

Foto: CarScoops

Veloster modeli 2011 yildan beri çiqariladi. Unda eşiklarning noodatiy joylaşuvi bor: haydovçi tomonidan u bitta, yölovçi tomonidan esa – ikkita. Hetçbek 130 hamda 140 kuç beruvçi atmosferli agregatlarga ham ega, şuningdek quvvati 204 ot kuçiga yetuvçi turbirlangan motorni ham öz içiga qamrab olgan. Ulardan sönggisi maşinaga «yuzga» 7,4 soniyada çiqiş imkonini beradi.

Foto: CarScoops
Foto: CarScoops