AQŞ boşçiligidagi xalqaro aksilterrorçilik koalitsiyasi oxirgi 3 hafta içida Iroq va Suriyada IŞIDning 3 yetakçisini yöq qildi. Bu haqda jurnalistlarga AQŞning quruqlikdagi qöşinlari polkovnigi Rayan Dillon ma'lum qildi.    

“Oxirgi 3 hafta içida koalitsiya harbiy-havo kuçlarining aviazarbalari natijasida IŞIDning 3 yetakçisi yöq qilindi. Terrorçilik guruhida muhim rol öynagan bu terrorçilarning bartaraf etilişi IŞID rahbariyati va uning axborot tarqatiş faoliyatiga talofat yetkazadi. Bu esa jangarilarning Suriya va Iroqda hamda xorijda teraktlar rejalaştiriş va ularni amalga oşirişga qodirlik darajasini kamaytiradi”, deb aytgan Dillon.

Ta'kidlanişiça, koalitsiya bu zarbalarni 28 noyabr va 1 dekabrda amalga oşirgan.

Dillon jangarilar avval nazorat qilgan deyarli barça hududni yöqotganini ta'kidlab ötgan.

“IŞID avval nazorat qilgan deyarli barça hududni yöqotdi. 7,7 mln.dan köproq odam endi ozod, biroq bu kuraşning oxirini bildirmaydi”, deb aytgan polkovnik.

U IŞIDni turli vaziyatlarga moslaşa oladigan “zehnli, berahm va yovuz” duşman deb atadi. Dillonning aytişiça, koalitsiya Jyenevadagi muzokaralar ijobiy yakun topmagunça Suriyada qoladi.